- 07.10.2026
- Holding yangiliklari
Strategik kreativ agentligi

Beltera Holding O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bozorlarida strategik kommunikatsiyalar hamda kreativ yechimlar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan Fidelity strategik kreativ agentligi ishga tushirilganini e’lon qiladi.
Fidelity tarixi kompaniya ichidagi ekspertiza markazi sifatida boshlangan. Bir necha yil avval Beltera Holding tarkibida qurilish, development va FMCG kabi turli sohalarda faoliyat yurituvchi kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida markazlashtirilgan marketing departamenti tashkil etilgan edi.
Shu davr mobaynida jamoa brending, marketing kommunikatsiyalari, kontent marketingi, bozor tadqiqotlari va mahsulotlarni ilgari surish yo‘nalishlarida o‘nlab loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. To‘plangan tajriba va erishilgan natijalar rivojlanishning navbatdagi bosqichi - mustaqil strategik kreativ agentlikni tashkil etish uchun mustahkam asos yaratdi.
Bugun biz Fidelity agentligining ochilgani va bozorga chiqayotganini rasman e’lon qilamiz.
Fidelity quyidagi xizmatlarni taqdim etadi:
1. Maqsadli auditoriya va iste’molchi insaytlarini tadqiq qilish
2. Brend pozitsiyalashuvini ishlab chiqish
3. Kommunikatsiya strategiyalarini yaratish
4. Kreativ reklama kampaniyalarini ishlab chiqish
5. Loyihalarni amalga oshirish jarayonida mualliflik nazorati
6. Kompaniyalarga in-house marketing jamoalarini shakllantirish va rivojlantirishda ko‘maklashish
Fidelity agentligining ishga tushirilishi Beltera Holding’ning o‘z kompetensiyalarini rivojlantirish va turli iqtisodiy sohalarda o‘z samaradorligini isbotlagan ekspertiza asosida yangi biznes yo‘nalishlarini yaratish strategiyasining mantiqiy davomi hisoblanadi.





















